Renessans ta’lim universitetining iqtidorli yoshlari yozgi ta’tilni o‘z ustida ishlash bilan o‘tkazmoqda. Ular hozirda Turkiyaning Balikesir universiteti qoshidagi Amaliy fanlar fakulteti Turizm markazida amaliyot o‘tab, kasbiy mahoratini oshirmoqda.
Bu safar talabalarga darsda olgan nazariy bilimlarini haqiqiy ish muhitida sinab ko‘rish, yangi tajribalar to‘plash va malakalarini mustahkamlash imkoni berildi.
Talabalar madaniy tadbirlarda ishtirok etish bilan birga universitet kutubxonasidagi boy manbalar bilan ishlash orqali bilimlarini kengaytirmoqda.
Xalqaro amaliyot dasturlari yoshlarning malaka darajasini yanada oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.