Mazkur anjuman davomida mamlakatimizda yashil iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari keng muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida 80 ga yaqin ilmiy ma’ruzalar tinglandi hamda oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan, yosh olimlar tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dolzarb takliflar bildirildi.
Mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyot strategiyasini izchil amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish orqali barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yashil iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy samaradorlikni, balki ijtimoiy farovonlik va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ishtirokchilar ta’kidlaganidek, bunday konferensiyalar ilm-fan, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, yosh avlodda ekologik tafakkur va mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga zamin yaratadi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga erishgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.