Bahor valsi:  Milliy libos va san’at bayrami

Bahor valsi:  Milliy libos va san’at bayrami

2025-yil 3-mart kuni Renessans taʼlim universitetida “Bahor valsi” nomli tasviriy sanʼat va milliy liboslar koʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir milliy madaniyat va zamonaviy dizayn uyg‘unligini namoyish etish hamda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada universitetning “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar kolleksiyasi hamda tasviriy sanʼat asarlari namoyish etildi. Talabalar o‘z ishlarida milliy an’analarni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirib, anʼanaviy naqshlar va ranglarning zamonaviy modadagi ifodasini aks ettirdilar.
Tadbir doirasida mehmonlar milliy liboslar namoyishini tomosha qilish, ijodiy jarayon bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Shu bilan birga, ushbu ko‘rgazma 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bo‘lib o‘tgani bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir ayollar ijodkorligi va san’atdagi o‘rnini e’tirof etish, milliy dizaynda ayollarga xos nafislik va go‘zallikni aks ettirishga bag‘ishlandi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan milliy liboslar va san’at asarlari ayollarning nozik didi, san’atga bo‘lgan ishtiyoqi va zamonaviy modadagi yuksak salohiyatini yorqin namoyon etdi.
“Bahor valsi” ko‘rgazmasida barcha sanʼat ixlosmandlari, dizaynerlar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur koʻrgazma ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish va milliy sanʼatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.