Ayni paytda respublika konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda

Ayni paytda respublika konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda

Ayni paytda respublika konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda Konferensiyada Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Sh.Shodmonova “Ilmiy-ijodiy yondoshuv asosida pedagogik tadqiqotlarni takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ch.Mirxoliqova “Ta’lim jarayonida emotsional intellekt va akademik muvaffaqiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusida so‘z yuritdi.
Andijon davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori U.Usmanova “Sun’iy intellekt: aqlli texnologiyalar davri” mavzusi bilan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu konferensiyaning yuqori darajada tashkil etilgani ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.