Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ayollar bandligini oshirish masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna ham so‘zga chiqib, sun'iy intellekt orqali daromad qilish usullari, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar-trening davomida mehmonga esdalik sovg'alari ham topshirildi.
🏆Birozdan so'ng, "UNIVERSITETNING ENG YAXSHI KIBERSPORT JAMOASI" nomi uchun shiddatli kurash boshlanadi.
🕹 Kibersport ishqibozlarini musobaqaga chorlab qolamiz.