Xabaringiz bor, Renessans ta’lim universiteti talabalari xalqaro maydonda yana bir bor o‘z bilim va iqtidorini namoyon etdi.
Ashxobodda o‘tkazilgan nufuzli OMOUS-2025 olimpiadasida Muxlisa Sobirjanova va Bahodir Yadgarov A toifasi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
“Ushbu yutuq men uchun katta rag‘bat. Kelgusida ham Vatanimiz va universitetimiz sha’nini munosib himoya qilishga bor kuchimni bag‘ishlayman,” – deydi bronza medali sohibi Bahodir Yadgarov.
Bu ularning mashaqqatli mehnati, shuningdek, universitetimizda yaratilgan sifatli ta’lim muhiti hamda ustozlarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashining natijasidir.