Adiblar xiyobonida Renessans taʼlim universiteti tomonidan milliy qadriyatlar sayli oʼtkazildi

Adiblar xiyobonida Renessans taʼlim universiteti tomonidan milliy qadriyatlar sayli oʼtkazildi

Adiblar xiyobonida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Renessans ta’lim universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy qadriyatlar sayli ishtirokchilarga o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Tadbirga mamlakatimizdagi nufuzli oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, talabalari, ijodkorlar va jamoatchilik vakillari ham tashrif buyurdi. Dastur doirasida mashhur yozuvchi va shoirlar bilan chinakam ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. 
Milliy qadriyatlar saylida yurakdan chiqqan she’rlar, hikoyalar, yosh ijodkorlarning asarlari tinglandi. Sahnadagi musiqiy chiqishlar esa barchaning qalbini ohangga solib, bayramona muhitni yanada boyitdi.
Shu bilan birga, sport musobaqalari ham tashkil etildi. Bilim va ijoddan tashqari, jismoniy faollik ham unutilmadi. Sog‘lom raqobat, do‘stona bellashuvlar yoshlar o‘rtasida birdamlik va mehr-muhabbatni kuchaytirdi.
Bunday tadbirlarning amaliy ahamiyati katta. Avvalo, bu yoshlarning ichki dunyosini boyitadi, ularni ruhlantiradi va mustahkam qadriyatlarga yo‘naltiradi. Shu orqali yoshlar orasida ijodga, sog‘lom turmush tarziga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortadi. 
Renessans ta’lim universitetining bu tashabbusi yoshlarning hayotga, bilim olishga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.