Adiblar xiyobonida Cho‘lpon haykali atrofida voleybol sport musobaqasi tashkil etildi

Adiblar xiyobonida Cho‘lpon haykali atrofida voleybol sport musobaqasi tashkil etildi

Hozirgi vaqtda poytaxtimiz markazida joylashgan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tyabdi.
 
Xususan, Renessans ta’lim universiteti jamoasi ham Cho’lpon haykali atrofida yig‘ilishib, adibning ijodi bilan yaqindan tanishishdi. So‘ngra sport musobaqalariga start berilib, talabalar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. O‘ta jo‘shqin va raqobatli kechgan bellashuvda talabalar bir olam zavq olishdi va yorqin taassurotlar bilan qaytishdi.