30-iyun “Yoshlar kuni”ga doir yangiliklar

30-iyun “Yoshlar kuni”ga doir yangiliklar

30 - iyun “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi va unda yoshlarga oid bir qator yangiliklar e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, har bir shahar va tumandan vakillar onlayn tarzda ishtirok etishdi. Jumladan, Toshkent shahridan shahar hokimi, bir qancha OTM rektorlari, sektor rahbarlari, yoshlar ishlariga mas’ul tashkilot rahbarlari qatnashishdi. 
Shuningdek, universitetlardan: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent shahridagi INHA universiteti hamda eng quvonarlisi, davlatning nufuzli oliygohlari qatorida u yerda Renessans ta’lim universiteti vakillari ham ishtirok etishdi.
RTU’da ham 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan alohida tadbir tashkil qilindi. Unga ko‘ra universitet kiraverishida talabalar uchun stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Jarayon faqatgina o‘yin bilan davom etmasdan, talabalarning kayfiyatlarini ko‘tarish maqsadida kuy-qo‘shiq hamda samimiy suhbatga ham ulanib ketdi.
30-iyun “Yoshlar kuni”da bo‘lgan yana bir ajoyib yangilik shundaki, o‘sha kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyida gala-konsert boʻlib oʻtdi. U yerga Renessans ta’lim universitetidan ham yoshlar yetakchisi hamda bir guruh talabalar borishib, ko‘ngil yozib qaytishdi.