Kutubxona xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
Kutubxona jamg‘armasidagi adabiyotlar va ko‘rsatilgan axborot xizmat turlarini targ‘ibot qilish;
Bibliografik jarayonlar va talabalarga xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘tarish;
Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish, o‘qituvchilarga kerakli asarlar va hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida og‘zaki maslahat berish, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish, bibliografik sharhlar o‘tkazish, kafedralar kunlarini va boshqa ishlarini amalga oshirish;
O‘qituvchilarga tarqatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilish.