Rektor buyruqlarini va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor farmoyishlarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish;
Institut Kengashida va boshqa yig‘ilishlarda ishtirok etish;
O‘quv bo‘limining yillik ish rejasini tuzish va uni amalga oshirishini tashkil etish;
Ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga asoslangan holda yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv rejalarini tuzish va tasdiqqa tayyorlash;
O‘quv ishlari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
O‘quv jarayonlarini rejalashtirish ishlarini nazorat qilish;
O‘quv rejalarining eksperimental loyihalarini tuzishda ishtirok etish va hayotga tatbiq qilish;
O‘quv jarayoni jadvalini tayyorlash;
Institut o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishni tashkil etish va nazorat qilish;
O‘quv soatlarini taqsimlashni tashkil etish (asosiy o‘qituvchilar, soatbaylarni taqsimlash, ulardan foydalanish);
O‘quv jarayonining borishini nazorat qilish;
O‘quv jadvalining bajarilishini, talabalar davomatini tahlil etish;
Oraliq, yakuniy baholashlar jadvalini tuzishni tashkil etish;
Yakuniy baholashlar varaqlarini tanlov yo‘li bilan tekshirish natijalari bo‘yicha kafedra va dekanatlarning mas’ul xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazish;
Talabalar kontingentining ahvolini nazorat etish (chetlashtirilgan, tiklangan, akadem ta’til berilgan, boshqa oliy o‘quv yurtlaridan o‘tgan, bosqichdan-bosqichga o‘tganlarni);
Institut rahbariyatiga belgilangan tartibda xodimlarni ishga qabul qilish, bo‘shatish, joyini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar kiritish;