Har o‘quv yilida fakultet tarkibidagi kafedra mudirlari ishtirokida ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv dasturlari va fan sillabuslarini ishlab chiqilishiga qatnashish va nazorat qilish;
Fakultet tarkibidagi kafedralar tomonidan tayyorlanayotgan o‘quv jarayoniga tegishli taklif va tavsiyalarni o‘rganish hamda amalga oshirish;
Belgilangan tartibda talabalar kontingentini va kursdan kursga o‘tkazish buyruqlarini shakllantirish, talabalarni yakuniy attestatsiya va bitiruv malakaviy ishlari himoyasini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni fakultet kafedralarining ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish;
Nomdor stipendiyalarga fakultet talabalari orasidan nomzodlar tarkibini shakllantirish va taqdim etish.