Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan «Ochiq leksiyalar» o‘tkazish rejasi va uning amalga oshirilishini nazorati etish;
Auditoriya fondi hisob-kitobini yuritish hamda o‘quv laboratoriya mashg‘ulotlari va YAB (yakuniy baholash) jadvaliga muvofiq uni fakultetlar va o‘quv guruhlari o‘rtasida taqsimlash;
Mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar, YAB (yakuniy baholash)larning jadvallarini tuzish uchun ma'lumot to‘plash;
Dekanlarning rahbarligi ostida mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar va YAB (yakuniy baholash)larning jadvalini tuzish;
Auditoriya fondi hisob-kitobini yuritish;
O‘quv jarayonini borishini va ko‘rsatilgan auditoriyada o‘z vaqtida o‘tkazilishini har kuni nazorat qilib turishi;
Fakultet va institut tadbirlarini o‘tkazish uchun auditoriya fondini taqsimlash;
Professor-o‘qituvchilar tarkibi o‘quv mashg‘ulotlarining kartotekasini tuzish hamda keyingi barcha o‘zgarishlarni o‘qituvchilarning varaqchalariga kiritish;
Auditoriya fondining holati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish, kamchiliklarni bartaraf etish;
O‘quv xonalari fondini, o‘quv xonalarning ahamiyati va katta- kichikligini bilishi lozim.