Institutda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruk, loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish;
Rektorga imzo qo‘yish uchun taqdim etilgan buyruqlar, instruksiyalar va boshqa hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini aniqlash;
OTMdagi barcha hujjatlarning milliy va xalqaro qonunchilikka mosligini aniqlash, qonunga zidligi aniqlangan holatlarda ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish yuzasidan choralar ko‘rish;
Jamoa shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qatnashish;
OTMsi bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga oshirilishini ta’minlash;
Institut professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, institut rahbariyati va dekanatlar, kafedralar va bo‘limlarning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish.