leadership

Ma Cuiling

  • Должность:
  • Опыт работы:
  • Специальности:
  • Эл. адрес:

Lavozim vazifalari:
  • xalqaro hamkorlik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • xorijiy  OTM bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalaridan  iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish.