leadership

Xursanov Nurislom Iskandarovich

Xursanov Nurislom Iskandarovich 2022-yil 29-oktabrda Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli ilmiy kengashda 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Dramatik diskursda verbal va noverbal komponentlar munosabati (oʻzbek va ingliz tillaridagi asarlar misolida)” mavzusida  filologiya fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiyanini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2024-yil 28-avgustda Renessans taʼlim universiteti Kengashi tavsiyasiga koʻra OAK tomonidan dotsent ilmiy unvoni berilgan.

N.Xursanov oʻz ilmiy izlanishlarini davom ettirgan holda bir qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, 2024-yil 28-dekabrda Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy Kengashda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan “Dramatik diskurs: kognitiv, pragmatik, lingvokulturologik tavsif (ingliz va oʻzbek tillari chogʻishtiruvida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.