Kafedrada amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar, g‘oyalar, mulohazalar, takliflar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

Kafedra tomonidan 2 ta ilmiy-innovatsion loyiha taklif qilingan;

  1. Virtual sayohatlar: til va madaniyatga sho‘ng‘ish - ingliz tilini o‘rganish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ishlab chiqilgan …. loyiha VR (Virtual Reality) va AR (Augmented Reality) texnologiyalariga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi. Loyiha talabalarni ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning turli madaniy muhitlariga virtual ravishda olib kirish orqali nafaqat til o‘rganish, balki madaniy bilimlarni oshirish imkonini beradi. Talabalar VR muhitida o‘zlarini haqiqiy chet el sayohatida bo‘lgandek his qilishadi, AR texnologiyasi o‘quv jarayonini boyitadi;

  1. Fransuz tilini oson va innavatsion o‘rganish usullari – ushbu loyiha fransuz tilini yangi innovatsion metodlar asosida oson o‘rganish, unda ta’lim jarayonini qiziqarli, faol va samarali bo‘lishini ta’minlash uchun zamonaviy platforma yaratishdan iborat.
 

O‘quv qo‘llanma nomi

 

“O‘qib tushunish, og‘zaki nutq va grammatik mashqlar to‘plami”

“Sportda xorijiy til fanidan amaliy mashgʻulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish uchun uslubiy qoʻllanma”

 

Monografiya nomi

“Detektiv romanlar tilining sotsiopragmatik xususiyatlari”

“Arab tili o’qitishdagi uslublar”