Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish va talabalarga chuqur bilim berish bo'yicha amaliy va ilmiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Professor-o‘qituvchilar innovatsion ilmiy izlanishlar olib borib, o‘z sohasiga munosib hissa qo‘shmoqda. Uslubiy faoliyat doirasida zamonaviy o‘quv materiallari ishlab chiqilib, dars jarayonlari samaradorligi oshirilmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda esa, talabalarning intellektual va axloqiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilib, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va seminarlar tashkil etilmoqda. Kafedramiz ilmiy va ma’naviy jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida izchil harakat qilmoqda.