Renessans ta’lim universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat ligasi”ning 2024-2025 o'quv uchun 5-tur o'yinlariga start berildi

  • calendar

    27.02.2025

  • eyes

    42

Renessans ta’lim universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat ligasi”ning 2024-2025 o'quv uchun 5-tur o'yinlariga start berildi

Intellektual bahslarda kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. 
 
💥Jamoa 6 nafar asosiy ishtirokchi va 1 nafar zaxira o‘yinchidan iborat bo'lishi kerak. 
 
Musoboqa 7 turdan iborat bo'ladi. Jamoalarning umumiy to'plagan ballaridan yuqori ko'rsatgichlarga ega bo'lgan jamoalar saralanib, finalga yo'l olishadi. 
 
Final oʼyinlari tantanali ravishda tashkil etiladi. 
⌛️Bellashuv 27-fevral kuni, soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. 
 
Ishtirok etish istagini bildirgan yangi jamoalar ham murojaat qilishlari mumkin.
 
📍Barchangizni Renessans taʼlim universiteti, "A" bino, 7-qavat, faollar zalida kutib qolamiz.