• calendar

    14.08.2025

  • eyes

    212

Ishga marhamat!

Renessans ta’lim universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga taklif etadi. 
 
Universitet tomonidan fan doktori va DSc ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilarga 80%, fan nomzodi yoki PhD ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchi va xodimlarga 50% miqdorida ustamalar tayinlanadi.
 
Shu bilan birga, har bir professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘zining shaxsiy natijalarini yaxshilab borishi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan joriy etiladigan va har 6 oyda yangilab boriladigan KPI tizimi orqali qo‘shimcha 100% gacha ustamaga ega bo‘lishi mumkin.
 
Bundan tashqari, o‘quv yili davomida dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qilgan, ilmiy unvon olgan, maqolalari Scopus, Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan, universitetdagi shogirdi dissertatsiya ishini himoya qilgan, dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan, turli ilmiy kengashlar va ilmiy texnik kengashlarda hamda respublika miqyosida o‘tkazilgan islohotlarda munosib ishtirok etgan, darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya chop ettirgan professor-o‘qituvchilar muntazam rag‘batlantirib boriladi.
 
Natijada, bizning professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘zlarining ish  haqlarini o‘quv yili davomida 200% gacha oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Batafsil ma'lumotni 👉 www.renessans-edu.uz rasmiy saytimiz orqali olishingiz mumkin. 
 
Manzil: Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Charxnovza MFY, 17-uy, Renessans ta’lim universiteti binosi, 1-qavat, 107-xona.
 
Murojaat uchun tel.: (+998 55) 506-70-07, E-mail: hr@renessans-edu.uz