61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan soʻng, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi korxonalar, muhandislik va texnologik xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, davlat va nodavlat nazorat organlari, mehnat muhofazasi inspeksiyalari, favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq xizmatlar, ishlab chiqarish xavfsizligi laboratoriyalari, oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. Bitiruvchilar ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, ekologik xavfsizlik bo‘yicha zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalangan holda mehnat sharoitlarini tahlil qilish, baholash va takomillashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.