Renessans taʼlim universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada respublikamizdagi turli OTM va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorant va talabalar ishtirok etmoqda.
Respublika konferensiyasini Renessans ta'lim universiteti rektori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Asosiy maqsad — mamlakatimiz Prezidentining “Yoshlar – Uchinchi Renessans bunyodkorlari” g‘oyasi asosida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga faol jalb qilish, taʼlim, fan va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga yana-da keng yo‘l ochishdan iborat.
Konferensiya jarayonlari rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.