O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Yoshlar akademiyasi tashkil etilgan.
Joriy o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida Yoshlar akademiyasi tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda, Renessans ta’lim universitetidan Yoshlar akademiyasi liderligiga nomzod sifatida quyidagi iqtidorli talabalar tavsiya etilmoqda.