Avval xabar berganimizdek, Renessans ta’lim universiteti vakillari “Ta’lim tizimi menejmenti” bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Ushbu safar davomida dunyoning yetakchi universitetlaridan biri – Xelsinki universiteti faoliyati bilan tanishildi.
Dastlab universitet kutubxonasi va ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, Finlyandiya ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar va samarali boshqaruv tajribalari bilan tanishildi. Ma’lumot uchun: Xelsinki universiteti dunyo reytingida TOP 150 talikda turadi.
Keyingi manzil Shvetsiya davlati bo‘ldi. O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga tashrif davomida elchi va elchixona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Shvetsiya Milliy madaniy markazi rahbari mamlakat ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ushbu malaka oshirishdan maqsad ilg‘or tajribalarni oʻrganish va universitetda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.