“Ijtimoiy bilimlar va texnik-muhandislik turk dunyosi” mavzusidagi xalqaro simpozium o‘z ishini qizg‘in amaliy muloqotlar bilan davom ettirmoqda.Ayni paytda 5 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tematik majlislar bo‘lib o‘tmoqda.
Ularda ishtirokchi mamlakatlarning ilg‘or oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor o'qituvchilari va malakali mutaxassislari o‘z ilmiy izlanishlari, amaliy tajriba va innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.
Majlislar mobaynida ilmiy taqdimotlar, fikr almashinuvlari va kelgusi hamkorlik uchun manzilli takliflar ham ilgari surilmoqda.
Bu esa mazkur Simpoziumning turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishidan yana bir dalolatdir.