Xalqaro konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olim va mutaxassislar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi

Xalqaro konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olim va mutaxassislar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi

Xalqaro konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olim va mutaxassislar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Jumladan:
🔹Webster universiteti professori Emilda Josephine (Hindiston) “Ingliz tili darslarida fonetik artikulyatsiya modellarini tarjima qilish” mavzusida ma’ruza qildi. Unda u fonetika o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar va ularni talabalarning nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirish masalalarini yoritdi.
🔹 Misrning Al-Azhar universiteti professori Ali Abdelzahir Abu Amra Hassan “Til va adabiyotni o‘qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi chiqishida o‘qitish metodikasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari haqida so‘z yuritdi.
🔹 Qozog‘istonning Qo‘rqit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti professori Janbershiyeva Uljan Naxat “Qorqit kuylarining sakral (muqaddas) mohiyati va badiiy xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qilib, xalq og‘zaki ijodining madaniy va ma’naviy ildizlarini tahlil qildi.
🔹 Qirg‘iziston xalqaro universiteti prorektori Jildiz Omurzakova “Qirg‘izistonning zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida bilingval va polilingval ta’lim jarayonida til madaniyatini shakllantirish masalasi” mavzusida so‘z yuritib, ko‘p tillilik sharoitida ta’lim sifatini oshirish tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
🔹 Turkiyaning Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zjon “Turkiyada o‘zbek tili taraqqiyoti va o‘qitish jarayoni” mavzusidagi ma’ruzasida o‘zbek tilining turkiy tillar o‘rtasidagi o‘rni hamda uni o‘qitishdagi zamonaviy uslublar haqida ma’lumot berdi.
🔹 Qirg‘izistonning K.Karasayeva nomidagi Bishkek davlat universiteti professori Mira Murataliyeva esa “Sun’iy intellekt davrida pedagogning raqamli savodxonligi va nutq madaniyati” mavzusida so‘z yuritib, raqamli texnologiyalar ta’sirida ta’lim jarayonida pedagog kompetensiyasini oshirish yo‘llarini tahlil qildi.