“Turon sivilizasiyasi – o‘zbek milliy madaniyatining ekzistensial mohiyati” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Turon sivilizasiyasi – o‘zbek milliy madaniyatining ekzistensial mohiyati” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida universitetning Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi  professori T.Alimardonovning  “Ustoz-shogird” maktabi tashabbusi bilan “Turon sivilizasiyasi – o‘zbek milliy madaniyatining ekzistensial mohiyati” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Respublika  an’anaviy cholg‘u ijrochilik ko‘rik-tanlovlari laureati Izzat Yuldashev milliy madaniyatning ekzistensial mohiyati, folklor va etnografiyaning shaxs tarbiyasidagi roli hamda san’at orqali jamiyatning ruhiy-madaniy rivojlanishi haqida so‘z yuritdi. 
Uchrashuv talabalar va o‘qituvchilar uchun boy ilmiy-ma’rifiy tajriba bo‘lib, ularda milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.