Qozon Federal universitetining Naberejnoye Chelni instituti direktori Georgiy Kotiyev Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida innovatsion ta’lim platformasi tashkil qilish va hamkorlik g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirildi.
Kelgusida universitet professor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli maqsadli kurslar, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mehmon, shuningdek, universitetimiz erishgan yutuqlar bilan ham tanishtirildi.
Ushbu hamkorlik ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida yanada keng imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.