Talabalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalari oshirildi

Talabalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalari oshirildi

Renessans ta’lim universiteti talabalari “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani doirasida Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Unda Zilzilalar tarixi muzeyida o‘tgan davrlarda sodir bo‘lgan zilzilalarning og‘ir oqibatlari bilan tanishildi.
 
Mashg‘ulotlar davomida tutunli xona sharoitida harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ekologik muammolarni baholash, yong‘in xavfi paytida xavfsiz chiqish yo‘llarini aniqlash, shuningdek, zilzila trenajyorlarida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kelgusida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu kabi amaliy tadbirlarning muntazam tashkil etilishi yoshlarda mas’uliyat hissini oshirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.