Talabalarimiz farovonligi – ustuvor vazifamiz

Talabalarimiz farovonligi – ustuvor vazifamiz

Renessans taʼlim universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar yoshlarimizning samarali taʼlim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha omillarni o‘z ichiga oladi. Talabalar ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qiladi, tozalik va tartibga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday muhit o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaydi.
Yoshlar asosiy vaqtlarini dars tayyorlash, yangi loyihalar ustida ishlash va ilmiy izlanishlar bilan o‘tkazadi. Shuningdek, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar ham muntazam tashkil etiladi. Bu esa, hamkorlikda ishlash hamda fikr almashish uchun qulay sharoit yaratadi.
 
Umuman olganda, talabalar turar joyidagi sog‘lom ijtimoiy muhit yoshlarning ma’naviy yetukligi hamda mustaqil hayotga tayyorgarligini ta’minlaydigan muhim omil sifatida katta ahamiyat kasb etadi.