Talabalar bilan ochiq suhbat: e’tiqod, erkinlik va mas’uliyat

Talabalar bilan ochiq suhbat: e’tiqod, erkinlik va mas’uliyat

Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati to‘g‘risidagi konsepsiyaning targ‘iboti hamda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari M.Qahhorova, qo‘mita bosh mutaxassisi F.Rustamova va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi, xususan:“Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyati talabalarga tushuntirilib o‘tildi.
Muloqotning amaliy ahamiyati ham katta bo‘ldi. Avvalo, talabalar o‘z huquqlarini yanada yaxshi anglab oldilar. 
 
Bundan tashqari, diniy ekstremizm va radikal g‘oyalardan qanday ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar olishdi. Bu esa ularning yot g‘oyalarga qarshi “immunitet”ini kuchaytiradi.