Taekvondo: kuch va irodani rivojlantiring

Taekvondo: kuch va irodani rivojlantiring

Renessans ta’lim universitetida talabalarnig bo‘sh vaqtlarinin mazmunli tashkil etish maqsadida ilmiy, chet tillari, intellektual va sport yo‘nalishidagi to‘garak va klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Koreys jang san'ati bo'lgan ushbu sport turi o'ziga xos zarbalari va oyoq harakatlari bilan ajralib turadi hamda nafaqat jismoniy chiniqish, balki intizomni ham rivojlantiradi.
 
Universitetda tashkil etilgan Taekvondo (WT) to‘garagida ham talabalar ushbu sport turi bilan shug‘illanish asnosida, ana shunday xususiyatlarni, taekvondo, jumladan, hujum  texnikasi va taktikasi, usullari, ularning qo‘llanilishi, Taekvondodagi harakatlarni ham o‘zlashtirmoqda. 
 
Mashg‘ulotlar dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 15:30 gacha xalqaro toifadagi sport ustasi, 4-DAN qora belbog‘ sohibi Xusniddin Xo‘jamqulov olib bormoqda.