Bugun Italiyadagi "Progetto Angeli" yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi rahbari Aida Abdullayeva boshchiligidagi mehmonlar Renessans taʼlim universitetiga tashrif buyurdi. Ularni universitet rektori Shohruh Nuraliyev kutib oldi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, universitet vakillari bosqichma-bosqich mazkur jarayonlarga jalb etilishi kelishildi. Talabalar Italiyada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma va moda namoyishlarida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
"Progetto Angeli" uyushmasi yosh rassom, haykaltarosh, zargar, musiqa va dizaynerlarni rag‘batlantirib keladi. Renessans ta’lim universiteti va "Progetto Angeli" uyushmasi o‘rtasidagi ushbu hamkorlik san’at va ta’lim sohalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Talabalar xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, o‘z ijodiy salohiyatini rivojlantiradi va tajriba almashadi.