Renessans ta’lim universitetida “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar markazida inson manfaati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Renessans ta’lim universitetida “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar markazida inson manfaati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 28-yanvar kuni Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidagi islohotlar va inson manfaatlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 18–19-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga keng tushuntirishga bag‘ishlandi.
Universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev tadbirni ochib berar ekan, inson manfaatlarini islohotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilash muhimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev so‘zga chiqib, islohotlarning samaradorligi va inson manfaatlarini ta’minlash zarurati haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda Renessans ta’lim universitetining professorlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tarix fanlari doktori Shuhrat Ergashev milliy o‘zlik va barqaror taraqqiyotda milliy tafakkurning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. 
Ishtirokchilar islohotlarning inson hayotidagi o‘rni, ta’lim tizimi va intellektual rivojlanish jarayoniga ta’siri borasida fikr almashishdi.
Bunday uchrashuvlar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ularning inson manfaatlariga ta’sirini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.