Renessans ta’lim universitetida Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir, soha vakillari va talabalar ishtirokida yuqori kayfiyatda o‘tdi.
Universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev Xalqaro psixologlar kuni bilan barcha soha vakillarini tabriklab, ularga mashaqqatli, shu bilan birga mas’uliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Rektorimiz psixologiya fanining zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, uning inson ruhiyati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritdi. Xususan, inson ruhiy salomatligini saqlashda psixologiyaning o‘rni, yangi davr talablariga mos keluvchi innovatsion usullar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Bayramona kayfiyatda davom etgan tadbirda psixologik ranglar metodikasi, hissiy kechinma va psixologik meditatsiyalar o‘tkazildi.
Universitet talabalari tomonidan ijro etilgan musiqalar ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.