Renessans ta'lim universitetida sirtqi ta'lim talabalari uchun “Zakovat” bahsi o‘tkazildi

Renessans ta'lim universitetida sirtqi ta'lim talabalari uchun “Zakovat” bahsi o‘tkazildi

Universitetimizda sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar orasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur turnir iqtidorli yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, ularni saralash hamda intellektual musobaqalarga keng jalb qilish maqsadida o‘tkazildi.
Qizg‘in bahslarda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
 
🥇1-o‘rin – Matematika va informatika yo‘nalishining 301-guruhi
🥈2-o‘rin – Matematika va informatika yo‘nalishining 303-guruhi
🥉 3-o‘rin – Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishining 304-guruhi
G‘olib jamoalar 1-, 2- va 3-darajali diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Ushbu turnir talabalar uchun bilim va mantiqiy tafakkurni sinovdan o‘tkazish maydoni bo‘ldi.
 
Renessans ta’lim universitetida bunday intellektual tadbirlar muntazam tashkil etilishi yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.