Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etiladi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etiladi

2025-yil 24-oktabr kuni “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha OTM olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni taklif etamiz.
 
📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
✅ Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi; 
✅ Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar; 
✅ Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari; 
✅ Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.
 
Konferensiya materiallari 2025-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.
 
📤Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi:
conference@renessans-edu.uz Telegram: @RTU_konferensiya