Unda davlat ramzlarining yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi oʻrni, davlat timsoli sifatidagi gʻoyaviy ahamiyati haqida so‘z bordi. Tadbir davomida talabalar ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” oʻyini tashkil etilib, yoshlarning bilim va topqirlik mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, Filologiya va tarix fakulteti tomonidan faol guruh sardorlari taqdirlanib, ularning tashabbuskorligi va namunali faoliyati e’tirof etildi.
Bu kabi amaliy tadbirlar talabalarda g'urur va faxr tuyg'usini yanada oshiradi.