Renessans taʼlim universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Renessans taʼlim universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Renessans taʼlim universitetida bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Eshmurodov ochib berdi.
U o‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, soha vakillarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, universitetga o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining qasamyodi ham bo‘lib o‘tdi. 
Ular talabalar safiga qabul qilinar ekan, Vatanimiz taqdirini о‘z taqdiri bilan chambarchas bog‘lashga, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rо‘yobga chiqarishda yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga, jamoat ishlarida faol ishtirok etishga, ilm-fan sirlarini chuqur о‘rganib, yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishga tantanali qasamyod qildilar.
Mazkur tadbir ustoz-murabbiylarni e’zozlash, yoshlarni Vatanga sadoqat, ilm olishga intilish va ijtimoiy mas’uliyat ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.