Renessans ta’lim universitetida oliy taʼlimda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘quv treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Renessans ta’lim universitetida oliy taʼlimda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘quv treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Renessans ta’lim universitetida “Oliy ta’lim muassasasi faoliyatida zamonaviy yondashuvlar” oʼquv treningi bo‘lib o‘tdi. Unda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filialining tajribali murabbiyi Karimova Venera Arkinovna ishtirok etdi.
Trening “Oliy ta’limda tizimli tahlil” va “O‘quv jarayonlarida sun’iy intellekt imkoniyatlari” mavzulariga bag‘ishlandi. Universitet professor-o‘qituvchilari faol qatnashgan mazkur mashg‘ulotda sun’iy intellektdan samarali foydalanish, uning imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda turli sun’iy intellekt dasturlarini sinovdan o‘tkazishdi. Berilgan vazifalarni vizualizatsiya qilish orqali AI ning ta’lim jarayonidagi qo‘llanilishi o‘rganildi. Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektning foydali jihatlari muhokama qilindi.
Bunday treninglar zamonaviy ta’lim usullarini o‘rganish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. 
 
O‘quv treninglar davom etadi.