Renessans ta’lim universitetida Navitas xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazildi

Renessans ta’lim universitetida Navitas xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazildi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Renessans ta’lim universitetida xalqaro hamkorlik doirasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va Navitas xalqaro ta’lim tashkilotining Mintaqaviy menejeri Alla Zhavoronkova ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish, grant loyihalari va birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
Ma'lumot uchun: Navitas xalqaro ta’lim tashkiloti 1994-yil tashkil etilgan, u talabalarga Avstraliyada o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Tashkilot hozirda Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning 39 ta universiteti bilan hamkorlik qilmoqda.
Bunday hamkorlik talabalarga global darajadagi ta’lim olish uchun imkoniyatlarni yanada oshiradi.