Joriy yilning 1-4 noyabr kunlari Toshkent shahrida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.
Chempionatda Renessans ta’lim universiteti "Sport faoliyati" kafedrasining birinchi bosqich talabalari ham faol ishtirok etib, shohsupadan munosib o‘rin egalladi.
Jumladan, Zaylobiddinova Sevinch 48 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yana bir quvonchli natijani Ehsonboyev Barkamol tuhfa etdi.
U 65 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, Jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yilning 4-7-noyabr kunlari Farg‘ona viloyatida sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi”da Amatboyev Og‘abek faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Renessans ta’lim universiteti tomonidan g‘oliblarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
1-o‘rin sohibi Barkamol Ehsonboyevga 2024-2025 o‘quv yilida grant asosida ta’lim olish imkoniyati taqdim etildi.
3-o‘rin sohibasi Sevinch Zaylobiddinovaga 2024-2025 o‘quv yili uchun shartnoma to‘loviga 50 foiz chegirma imtiyozi berildi.
“O‘zbekiston kubogi”da faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun Amatboyev Og‘abek bir martalik 5 million so‘m pul mukofot bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va ularga yanada yuksak marralar tilab qolamiz! Sizlar bilan faxrlanamiz!