Djurabekov Tursunxan Lesbayevich
Renessans ta’lim universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi. U Matematika va iqtisod fakulteti Menejment yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
Tursunxan Lesbayevich faoliyati davomida yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim muhitida ijobiy tashabbuslarni ilgari surish borasida ibrat ko‘rsatib kelmoqda. U maktab davridayoq “Turon” teatr studiyasini tashkil etib, tengdoshlarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
“Yurt faxri” va “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari sohibi, shuningdek, Chinoz tumani Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi hisoblanadi.U ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari va zamonaviy ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar mavzusida bir qator maqolalar muallifi.
Faol, intiluvchan va tashabbuskor yosh sifatida jamoa bilan ishlash madaniyatiga ega, har qanday vazifaga mas’uliyat bilan yondashadi hamda bilimlarini doimiy oshirib boradi.
Tursunxan Lesbayevichga kelgusi faoliyatida yuksak muvaffaqiyat tilaymiz!