Unda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, Mardonbek To‘rayev oson va samarali til o‘rganish imkonini beruvchi “Renessans english” ilovasi bilan tanishtirdi. Uning afzalligi shundaki, u orqali ingliz tilini qisqa muddatda va innovatsion texnologiyalar asosida samarali o‘rganish mumkin.
Shuningdek, Rushana Rustamovaning “Vaqt stansiyasi” loyihasi ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Uning ta’kidlashicha, Finlandiya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash orqali natijadorlikni yanada oshirish mumkin.
Uchrashuvda liderlar o‘zlarining kreativ loyihalari va ularning foydali xususiyatlari haqida so‘z yuritdi.
Universitetimiz rektori Shohruh Nuraliyev taqdimotlar bilan tanishib, ularni amalga oshirish mexanizmi, samarasi bilan bog‘liq takliflarni o‘rtaga tashladi. Shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Startaplar maktabini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi.