Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Renessans talim universiteti rektori N.R.Barakayev boshchiligidagi vakillarimiz Qozon Federal universitetida bo‘lib turibdi.
Kun tartibi bo'yicha tashrif ishtirokchilari Qozon Federal universitetining Naberejnoye Chelni instituti direktori Georgiy Kotiyev bilan uchrashib, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish, ikkala universitet kafedralari o'rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo'shma o'quv dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga delegatsiyamiz vakillari savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun noyob maydon bo‘lgan Tatariston poytaxti Qozonda bo'lib o'tayotgan ikkinchi Rossiya-Xitoy "ROSTKI" forumida Talim yo'nalishi bo'yicha ishtirok etdilar.
Tashrif davom etmoqda.