Renessans ta’lim universiteti vakillari Belarus Respublikasida: tajriba almashinuvi va o‘zaro hamkorlik

Renessans ta’lim universiteti vakillari Belarus Respublikasida: tajriba almashinuvi va o‘zaro hamkorlik

Hozirda Renessans ta’lim universitetining bir guruh vakillari Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular 14–26 aprel kunlari davomida Belarus Milliy texnika universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etadilar.
Safarning asosiy maqsadi – ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish. Jumladan, dars jarayonlarini qanday huquqiy asosda tashkil etish, fanlar kesimida o‘quv soatlarini qay tarzda taqsimlash kerakligi haqida o‘zaro fikr almashildi. Muhokamalar ikki tomonlama hamkorlikka asoslangan va o‘zaro manfaatli bo‘ldi.
Shuningdek, vakillarimiz Belarus Respublikasining yirik ishlab chiqaruvchi zavodlaridan biriga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlarga korxonaning tarixi, hozirgi faoliyati va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Zavoddagi ilg‘or texnologiyalar va boshqaruv tajribasi ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Safar davomida to‘plangan tajriba va yangi bilimlar kelgusida amaliyotga tatbiq etilishi va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini alohida qayd etildi.