Ma’mun universitetida Renessans ta’lim universiteti professori To‘lqin Alimardanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda tarix yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda professor T.Alimardanov “O‘zbekistonda Sh.Rashidov rahbarlik qilgan davr va uning siyosiy-iqtisodiy xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ushbu ma’ruza tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otib, qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida Renessans ta’lim universiteti va Ma’mun universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Shuningdek, Urganch davlat universiteti bilan ham hamkorlik kelishuviga erishildi. Bu esa ushbu oliygohlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.