Ushbu kelishuv taraflar oʻrtasida taʼlim, ilm-fan sohasida istiqbolli aloqalarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi.
Kelishuvning asosiy maqsadi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda birgalikda ilmiy ishar olib borish, ilm-fan va taʼlim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishdir.
Hamkorlikning muhim yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
1. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash.
2. Mutaxassislarni jalb qilish: Tarix instituti olimlari Renessans universitetida maʼruzalar oʻqish, mahorat darslari tashkil etish va ilmiy rahbarlik qilishadi.
3. Adabiyotlar tayyorlash: Oʻquv jarayonlari uchun zarur boʻlgan qoʻllanmalar va ilmiy-uslubiy materiallar yaratish.
4. Ilmiy izlanishlar: Amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini muhokama qilish.
5. Tajriba almashish: Ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha seminar va koʻrgazmalar tashkil etish.
6. Maqolalar chop etish: Tomonlarga ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishida koʻmaklashish.
Mazkur kelishuv taʼlimdagi dolzarb muammolarga yechim topish, ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Innovatsion yondashuvlar va tajriba almashuvlar oʻzaro manfaatli natijalarni taʼminlashi kutilmoqda.
Renessans taʼlim universiteti va Fanlar akademiyasi Tarix instituti oʻrtasidagi bu hamkorlik ilmiy sohada yangi imkoniyatlarni ochib beradi.