Renessans ta'lim universiteti talabasi Qozoq kurashi bo'yicha Osiyo chempionatida 1-o'rinni egalladi

Renessans ta'lim universiteti talabasi Qozoq kurashi bo'yicha Osiyo chempionatida 1-o'rinni egalladi

Joriy yilning 27-29-oktabr kunlari Qozog'istoning Turkiston shahrida Qozoq kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Quvonarlisi, Renessans ta'lim universiteti Sport faoliyati magistratura 1-bosqich talabasi Axmedova Muslimaxon 63 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni egalladi. 
 
Talabamiz va uning murabbiylarini samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.