Renessans taʼlim universiteti talabalari kibersport chempionatida muvaffaqiyat qozondi

Renessans taʼlim universiteti talabalari kibersport chempionatida muvaffaqiyat qozondi

Joriy yilning 17-19-noyabr kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Dota 2 bo‘yicha kibersport chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Renessans taʼlim universiteti jamoasi ushbu turnirda faol ishtirok etib, kuchli raqib ekanini namoyon qildi.
68 ta universitet ishtirok etayotgan mazkur musobaqada universitetimiz jamoasi turnirning eng kuchli jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu universitetimiz tomonidan kibersportga berilayotgan eʼtiborining natijasidir.
Kibersportchilarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga navbatdagi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.
 
Biz har doim siz bilanmiz va sizning g‘alabangizni qo‘llab-quvvatlaymiz!